Gvardiola Sulsher haqida nimalar dedi?

  • 10 yanvar, 2019, 18:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hamkasbi Ole-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Uning “Manchester Yunayted”dagi debyuti mening “Siti”dagi debyutimdan ko‘ra muvaffaqiyatliroq chiqdi. Mening jamoam birinchi o‘yinda yutqazgan, ikkinchisida esa durang o‘ynagan.

Sulsher aqlbovarqilmas natijani qayd etdi. Men MYuni ayrim uchrashuvlarini ko‘rdim. Ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishmoqda”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik mutaxassis mankuanliklar boshqaruvini o‘tgan yilning 18 dekabr kuni qo‘lga olgan eli. Shundan buyon uning jamoasi birorta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!