Gvardiola raqib jamoa etakchilarini olib qo‘yadi

  • 11 yanvar, 2017, 15:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
Angliya chempionatida sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan "Manchester Siti" asosiy raqiblaridan biri - "Tottenxem"ni kuchsizlantiradigan bo‘ldi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibni kuchaytiradigan futbolchilar aynan "Tottenxem"da to‘p surayotganini aytib, qishki transferlar vaqtida jamoaga kimlarni olib kelish kerakligi haqida ko‘rsatma berdi.
 
Ayni paytda "Manchester Siti" vakillari "Tottenxem" bilan muzokaraga kirishgan va ular Xosep Gvardiola aytgan himoyachilar - Denni Rouz va Kayl Uoker transferi bo‘yicha ishlamoqda. Katta byudjetga ega bo‘lgan manchesterliklar bu ikki futbolchi uchun 60 million funt sterling berishni va’da qilmoqda. Mutaxassislar bu transfer tez amalga oshishini ta’kidlashmoqda.
 
Joriy mavsumda Kayl Uoker Angliya premer-ligasida 19 ta uchrashuvda qatnashdi. Denni Rouz esa 15 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol ham urdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!