
Hakim Fuzaylov: Biz mavsumga hali tayyor emas edik
Dastavval jurnalistlarning savollariga "Istiqlol" ustozi Hakim Fuzaylov javob berdi.
"Uchrashuv qiyin o‘tdi. AGMKni g‘alaba bilan tabriklayman. Fevraldagi odatiy o‘yin guvohiga aylandik. Jamoa hali mavsumga tayyor emas edi. Zaxira o‘rindig‘i torligi pand berdi. Endi OFK kubogi guruh bosqichi o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz.
Selektsiya ishlarini davom ettirish kerak. Yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash kerak. Bularsiz ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi.
Olmaliq shahri menda katta taassurot qoldirdi. Muxlislarni ham alohida qayd etish joiz", - dedi Fuzaylov.
Fikrlar