
Hamidjon Aktamov: Bitta vaziyat o‘yin taqdirini hal qildi
Bir necha daqiqa oldin oliy liga 3-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘qonliklar Filip Raevatsning goli evaziga faqar quchishdi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab Hamidjon Aktamov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Avvalo qo‘qonlik muxlislarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun bitta vaziyat o‘yin taqdirini hal etdi. Bizda ham yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Agar ulardan foydalanilganda boshqacha o‘yin guvohiga aylagan bo‘lardik. Nima ham derdik. Bu futbol. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman, - deydi Hamidjon Aktamov.
Fikrlar