
Hasanboy Do‘smatov Jahon terma jamoasi safida g‘alaba qozondi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha Rossiya va Jahon terma jamoasi bahs olib bordi.
Shuni ta’qidlash lozimki jahon terma jamoasi safida o‘zbekistonlik uch nafar charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tarildi.
Uch daqiqadan besh raund o‘tgan bellashuvlarda Olimpiya o‘yinlari g‘olibi 52 kilogrammgacha vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov mezbonlar vakili Tamir Galanovni ochkolar hisobida mag‘lub etdi.
Afsuki, -69 kgda Iqboljon Xoldorov teng kurashlar ostida kechgan jangda Shaxabas Mahmudovga, +91 vaznda ringga chiqqan Lazizbek Mullajonov esa Ivan Veryasovga mag‘lub bo‘ldi.
Musobaqaning qolgan janglarida quyidani natijalar qayd etildi
-57 kg: Albert Batirgaziev (Rossiya) - Chatchai Budti (Tailand)
-69 kg: Shaxabas Maxmudov (Rossiya) - Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston)
-75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) - Osli Iglesias Estrada (Kuba)
-63 kg: Aleksey Mazur (Rossiya) - Oganes Bachkov (Armaniston)
-81 kg: Imam Xataev (Rossiya) - Xulio Sezar de la Krus (Kuba)
-52 kg: Tamir Galanov (Rossiya) - Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston)
-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)
+91 kg: Ivan Veryasov (Rossiya) - Lazizbek Mullajonov (O‘zbekiston)
Shu tariqa Rossiya terma jamoasi o‘z ringgida- jahon terma jamoasini 6:2 hisobida taslim qildi.
Fikrlar