Hech qanday falsafaga hojat yo‘q: "Chelsi" nima uchun chempionga aylandi?
Antonio Konte Angliyaning eng yaxshi jamoasini qanday tayyorlaganligi haqida
Joriy mavsumda Angliyada murabbiy-konseptualistlar misli ko‘rilmagan darajada ko‘p yig‘ildi. Odatdagidan tashqari, faqatgina Gobsek Venger emas, balki Jahon futbolining Kataloniyalik etakchisi, Germaniyalik roker va Antonio Konte ham bu erda hozir-u nozir edi. Bu guruhda Antonio boshqalarga nisbatan to‘poriroq ko‘rinardi. Yo‘q-yo‘q, Antonioning murabbiy sifatidagi xususiyatlariga gap bo‘lishi ham mumkin emas. Biroq u negadir zamonaviy futboldagi “falsafa” tushunchasi bilan hech "kelisha olmasdi". Yigirma oy o‘tibdi hamki, uning bu qarashlarida hech narsa o‘zgarmadi. Shunga qaramay, endi Konte o‘z oltinidan lazzatlanyapti.

Birov Lui van Galga kuchli jamoa uchun minnatdorchilik bildiradi, ammo tan olish kerak, uning “katta to‘rtlik”ka kirishiga hali ancha bor. Boshqa birov esa ingliz futboliga ko‘nika olmayotganligini e’tirof etadi. Uchinchisi esa “autsayder”larga ochko qo‘yish bilan band. Shunga o‘xshash "dolzarb" masalalar fonida Antonio Konte eng qat’iy va haqqoniy bo‘lib tuyuladi. E’tirof etish kerakki, fors-majorlarga u ko‘p ham murojaat qilgani yo‘q. Jarohatlar masalasida-ku “Chelsi”ga omad kulib boqdi. Mavjud bo‘lgan har qanday muammoni Konte uddaburonlik bilan bartaraf eta oldi.
Qayta qurish
Mavsumning boshlanishiga bir nazar tashlaylik. Dastlabki to‘rtta turda “Chelsi” o‘n ochkoni qo‘lga kiritdi. Shulardan ettitasi so‘nggi daqiqalarda qo‘lga kiritilgandi. Jamoaning o‘yin tarzi kuchsiz himoya va ijodkorlikning yo‘qligida namoyon bo‘ldi. Avvalboshdanoq Eden Azar va Diego Kosta pand bera boshlashdi. Shunga qaramay, bu o‘n ochko jamoaning navbatdagi o‘yinlarga bo‘lgan ishonchining shakllanishiga zamin yaratdi. G‘alaba qilish uchun yaxshi o‘ynash shart emas. Murabbiy o‘yin taktikasini yaxshilash ustida bosh qotirayotgan bir paytda ochko to‘plashning o‘zi kifoya. Xuddi shunday usuldan foydalangan “Chelsi” endilikda o‘z muvaffaqiyatidan bahra olmoqda.

“Vest Xem” va “Suonsi”ning “ta’zirini berib qo‘yishga” kifoya qilgan xususiyatlar “Liverpul” va “Arsenal”ni dog‘da qoldirishga kamlik qildi. “Konte himoyasi zangori alanga kabi yonadi”, deya izoh bergandi sharhlovchilardan biri. Konte shunga mos javobni “nasiya qilmadi”. “Chelsi” top-klub o‘yinlari uslubiga taqlid qilishni to‘xtatdi, bosim ostida harakatlanishni bas qildi va uchta himoyachidan iborat Italiya modelida o‘ynay boshlashdi. Londonliklar to‘p muomila qilish bo‘yicha APLning top beshligiga ham kirmaydi, biroq “Arsenal” bilan bo‘lgan 0:3 natijadan keyin 29 ta bahs o‘tdi, shulardan 15 tasini “Chelsi” nol hisob bilan yopdi. Bu qanchalik yaxshi? 2015 yilda jamoa Mourinyu sharofati bilan chempion bo‘lgach, butun mavsum davomida ularning kuchli himoyasi 17 ta bahsda ham natija bermagan edi. Bundan kelib chiqadiki, qayta qurishdan keyingi bu natija haqiqatan ham juda yuqori.

“Chempionat”da qayta qurish jarayoni borayotganligi haqidagi xabarlar ko‘p marotaba e’lon qilingan edi. Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, o‘yindagi sezilarli intensivlik (o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish) mavsum avvalidagi tarkibdagi muammolarni bartaraf etdi. David Luis ishonchli himoyachi bo‘la olmadi, Viktor Mozesga esa hamon mahorat etishmayapti. David Luisning sustligi Sesar Aspilikuetaning ehtimol choralarini ko‘rishi sabab ko‘zga tashlanmaydi. N'Golo Fabregesning to‘psiz o‘yindagi diqqatsizligini tanqid qiladi.
Peshqadamlarni ilhomlantirish
Antonio Konte jamoaning har bir a’zosi o‘z iste’dodini to‘la namoyon qila olishiga imkon beruvchi modelni ishlab chiqdi. Barchasi Arrigo Sakkining qoidalariga asoslangan: har bir o‘yinchining kuchli jihatlari jamoa manfaatlariga bo‘ysundiriladi, ular majburiyat yuzasidan “sudralishmaydi”, balki rostakamiga ishlashadi. Mozesning chidamliligi, Pedroning o‘ziga xos texnikasi, Fabregesning uzatmalari, Luisning uzoqni mo‘ljalga ola bilishi, Azarning driblingi – barchasini muvaffaqiyatli qo‘llash chorasi topildi. Xuddi shundan keyin ko‘plab o‘yinchilar uchun ajoyib mavsum start oldi. Kosta – 20 ta gol, Azar – 15 ta gol va beshta golli uzatma, Fabregasda 11 ta golli uzatma . Kante esa mavsumning tan olingan eng yaxshi o‘yinchisi. Afsuski, Markos Alons ko‘zga tashlanadigan natija ko‘rsata olmadi, lekin tan olish kerak, mavsum ispaniyalik uchun esda qolarli bo‘ldi.

“Chelsi”ning chempionatdagi g‘alabasini ifodalash uchun birgina jumla kifoya– mutlaq hayrat. Kiritilgan gollar – liga doirasida hammanikidan ko‘p, o‘tkazib yuborilgan gollar – hammanikidan kam. 16 ta to‘qnashuvdan “quruq” chiqishdi. “Chelsi” o‘z darvozasiga to‘p kiritishga imkon qoldirmadi. Nima bo‘lganda ham jamoani har tomonlama mukammal deb ham bo‘lmaydi, to‘p bilan muomala qilish borasida ish chatoq. Lekin Konte muhim deb hisoblagan jihatlar borasida muammo yo‘q.
Oson ishni qoyilmaqom qilib qo‘yishdan nima naf? Mashaqqatli vazifalarning uddasidan chiq, shunda seni tan olishadi! Bu g‘alaba qozonishning birlamchi omilidir. Antonioning o‘zi bu xususida shunday deydi: "Nimagadir erishish uchun ko‘p va tinimsiz ishlash, uning mashaqqatini his qilish talab etiladi". Bir qarashda hammasi juda oddiydek... Lekin aynan mana shu "oddiy" gaplar jamoaning shioriga aylangan. Mavsum jamoaning har bir a’zosi uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. To‘g‘ri, "Chelsi" anchagina qiyinchiliklarga duch keldi, lekin bularning bari bejizga emas edi. Jamoani olg‘a intilishga da’vat etish, o‘zboshimchalarni jamoa uchun o‘ynashga undash - bu usullar sodda ko‘ringani bilan, aynan shular g‘alabaga zamin yaratdi. Stadion burchagida kuyib-pishib jamoaga "aql o‘rgatib" baqirayotgan Konte bir qarashda odamning kulgisini qistashi mumkin. Ammo uning xuddi shu ishtiyoqi, hayajoni jamoaga ham yuqdi. "Men o‘zimda jo‘sh urayotgan energiyani jamoamga ulashishga intilardim", deydi Antonioning o‘zi.
Ishtiyoq, mehnat, g‘alaba – chempionlar lug‘ati
“Ishtiyoq” italiyalikning so‘z boyligida xuddi “g‘alaba” va “ mehnat” so‘zlari kabi muhim ahamiyat kasb etadi. “Vest Bromvich” bilan bo‘lgan o‘yindagi g‘alabadan so‘ng, ayniqsa, “mehnat” so‘zining salmog‘i yanada ortdi. Kontening eng e’tiborga molik jihati ham shunda: qanday muammo mavjudligiga qaramay, hech qachon chalg‘imasdan, har qanday vaziyatda ishni birinchi darajaga qo‘yadi. Uning oilasi Italiyada qolgan va u sog‘inchdan qiynalayotganini hecham inkor etmaydi, yaqinlaridan uzoqda yashash oson emasligini tan oladi. Italiya matbuoti Kontening “Chelsi” direktori Marina Granovskaya bilan munosabatlarda muammolarga duch kelganligi haqida xabar bergandi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, uning dastlabki rejalari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan, natijada jamoa qayta qurishga muhtoj bo‘lib qolgan edi. Bunday vaziyatda sarosimaga tushish ham, tushkunlikka tushmay olg‘a intilishda davom etish ham mumkin. Shubhasiz, Konte ikkinchi yo‘lni tanladi.

“Chelsi”ning avvalgi holati bilan taqqoslaganda, bu natijalardan “havolanishga” hali erta. Jamoa o‘sish pallasida turibdi, yaxshilash kerak bo‘lgan vaziyatlar hali talaygina. Ivan Preshich shaxsiga bildirilayotgan qiziqish bejiz emas, bu futbolchi aynan Kontening ko‘rsatmalari asosida harakatlanish uchun yaratilgan go‘yo. Shuningdek, Romelu Lukaku ham himoya qismiga qabul qilinishi mumkin. “Chelsi” o‘z ustida hali ancha ishlashi kerak. Keyingi mavsumda Konte “juftakni rostlab qolmasa”, jamoa afsonaviy natijalarni ko‘rsatishi muqarrar.
Kelgusi mavsumda ham hech qanday "falsafa" haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Faqatgina mashaqqatli mehnat va tinimsiz harakat bo‘ladi.
Saodat Abdurahmonova tayyorladi
Fikrlar