
Ibragimovich o‘zining "Milan"ga qaytishi mumkinligi borasida gapirdi
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich o‘zining "Milan"ga qaytishi mumkinligi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Atrof mish-mishlarga to‘la. Butun dunyo meni xohlaydi, bu normal holat”, - deydi 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 2010-2012 yillard “Milan” safida to‘p surgan. “Rossonerilar” esa o‘zining sobiq futbolchisini qishda, ya’ni MLSda tanaffus bo‘ladigan paytda ijaraga olishmoqchi.
Fikrlar