
Ibragimovichning xotini uni "Milan"ga qaytishini xohlamoqda
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovichning xotini Xelena Seger turmush o‘rtog‘ining yana Evropa grandlari safiga o‘tishiga rozi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 48 yoshli fotomodel 37 yoshli shvetsiyalik futbolchini yana “Milan”da o‘ynashini xohlamoqda. Aytish lozimki, Zlatan 2010-2012 yillarda ham “rossonerilar” safida to‘p surgan. O‘z navbatida ayni damda ishlari biroz yurishmayotgan “Milan” ham Ibragimovichni tarkibga jalb etishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum MLSda jami 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar