
Iguain “Napoli”ga qarshi bahsga qadar safga qaytishi lozim
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain bundan ikki kun oldin chap qo‘lidagi barmoqlarini sindirib olgan edi. TuttoJuve xabariga ko‘ra, argentinalik forvard jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Yuqorida nomi tilga olingan manba bergan axborotga ko‘ra, turinliklar ustozi Massimiliano Allegri uni Italiya A Seriyasi 15-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi bahsda Iguainning xizmatlaridan foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, Iguain 2016 yil yozda “Napoli”ni mojaro bilan tark etgan edi va neapolliklar muxlislarni uni sotqin deb e’tirof etishgan edi.
Fikrlar