
Iguain: "Yuve"dan meni haydashdi
"Milan" klubi xujumchisi Gonsalo Iguain yozda "Yuventus" tarkibini nima sababdan tark etganini aytib o‘tdi.
- Italiya Kubogi uchun final bahsdan so‘ng, "Yuve"da bir nima o‘zgarganini tushundim. Yaxshi natija ko‘rsatish uchun bor kuchimni berdim deb o‘ylayman. Biroq, klub rahbariyati sifatga nazar tutgan holda ish ko‘rishdi va Ronalduning transferini amalga oshirishdi.
Tan olish lozim, qasos olish niyatim yo‘q. Jamoadoshlarim va muxlislar men bilan yaxshi munosabatda bo‘lishganliklaridan minnatdorman. Rahbariyat mendan yuz o‘girdi.
Bilasizmi, "Milan"ga ko‘chib o‘tganim meni quvontirdi va men bu jamoani yaxshi ko‘raman, - deya Iguainning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar