Ikki dugona rossiyalik tennischilarni dog‘da qoldirdi
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha davom etayotgan "Capital Cup - 2017" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan tennischi qizlarimiz juftlik bellashuvlarini ham g‘alaba bilan boshladi.
Ikki dugona - Laylo Bahodirova va Milana Maslenkova juftlik bellashuvlaridagi dastlabki uchrashuvini Rossiya vakillari - Yuliya Nikita va Noel Saedinovaga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik qizlar 2:6, 6:1, 10:6 hisobida zafar quchdi.

Turnirda mezbonlar vakilasi darya Detkovskaya bilan birinchi raqamli juftlikni tashkil qilgan hamyurtimiz Yasmina Karimjonova Belarus tennischilari - Sofi Brich va Vlada Zverevani 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turnir davom etmoqda.

Fikrlar