Ikki nafar bokschimiz professional faoliyatini nokaut bilan boshladi
Rossiyaning Ekaterinburg shahridagi “Dom pechati” klubida o‘tkazilgan boks kechasida ikki nafar bokschimiz professional ringdagi faoliyatini boshladi.
Ravshanbek Umrzoqov ilk professional jangini 29 yoshli rossiyalik Evgeney Smelovga (3-4-0, KO2) qarshi o‘tkazib, 6 raundli jangning birinchi raundida raqibini nokautga uchratdi.
Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Ravshan Ergashev qozog‘istonlik Rustam Svaevga (1-0-0) bilan kuch sinashdi. 4 raund etib belgilangan qarama-qarshilikning so‘nggi raundida bokschimiz raqibini texnik nokautga uchratishning uddasidan chiqdi va ilk g‘alabasini nishonladi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik Qobiljon Hosilov professional karerasini armanistonlik Karen Margaryanga (1-0-0) qarshi jang bilan boshlab, durang qayd etdi.

Fikrlar