Infantinoning taklifiga federatsiyalarning ko‘pchiligi rozi
FIFA prezidenti Janni Infantinoning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo futbol federatsiyalarining ko‘pchiligi uning Jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko‘paytirish borasidagi taklifini tasdiqlagan. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
“Ko‘plab federatsiyalar Jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko‘paytirish borasidagi taklifni ma’qulladi”, - deydi FIFA prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA mundial ishtirokchilari sonini 32tadan 40tagacha, so‘ngra 48tagacha oshirish borasida taklif kiritgan edi.

Fikrlar