
"Inter" fikridan qaytdi, ammo Errera uchun yangi da’vogarlar paydo bo‘ldi
"Portu" klubi yarim himoyachisi Ektor Errera mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Qayd etish lozimki, 28 yoshli meksikalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. Ayni damda unga "Roma" va "Milan" klublaridan qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Errerani “Inter” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgan edi. Biroq, “neradzurralar” keyinchalik ushbu fikridan qaytishdi.
Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum “Portu” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar