"Inter" va "Milan" yangi stadionni hamkorlikda qurishni rejalashtirmoqda

  • 21 dekabr, 2018, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milan shahrining ikki jamoasi – “Inter” va “Milan” o‘zaro hamkorlikda yangi stadion barpo etishlari mumkin.

Tecno

Ushbu xabarni “rossonerilar” prezidenti Paolo Skaroni ham tasdiqladi. Qayd etish lozimki, so‘nggi yillar ichida har ikkala jamoada ham xo‘jayinlar o‘zgardi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Inter” va “Milan” o‘z uy uchrashuvlarini bitta stadionda - "San-Siro"da ("Juzeppe Meatstsa") o‘tkazib kelishmoqda.

Ma’lumot uchun, "San-Siro" bundan 93 yil muqaddam qurilgan va u o‘z bag‘riga 80 ming ishqibozni sig‘dira oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!