
Isko "Malaga" muxlislaridan nega uzr so‘radi?
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 32-turida “Real” safarda “Malaga” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni uchrashuvdagi gollarning biriga madridliklar yarim himoyachisi Isko kiritdi. E’tiborlisi, asli malagalik bo‘lgan va 2011-2013 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan 25 yoshli futbolchi o‘z golini nishonlashni istamadi. Aksincha, “Malaga” muxlislari o‘tirgan tribunalar tomon borib, ulardan qadrdon jamoasiga gol urgani uchun uzr so‘radi.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum La Ligada jami 27ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar