Isko uchun yana bir grand klub kurash boshladi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchini PSJ ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda parijliklar rahbariyati bu borada futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Isko jamoaning yangi bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmay qolgani uchun jamoadan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar