Islom Karimov haykali poyiga... (foto)

CHERY AUTO

30 yanvar kuni mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng miqyosda nishonlandi.

Shu kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Birinchi Prezidentimiz xotirasini yod etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, xotirasini yod etdi.

Birinchi Prezidentimiz aziz umrini yurtimiz, xalqimiz baxtu saodati, bugungi tinch va farovon kunlarimizga bag‘ishladi, xalqimiz tashvishi bilan yashadi. Bizga ozod va obod Vatanni meros qoldirdi.

Tecno

Shaxmatchilarimiz ham xotirlash tadbirida ishtirok etib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Manba: uza.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!