Italiya terma jamoasi sobiq ustozi: "Milan" Gattuzoga imkoniyat berishi kerak
Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Jampero Ventura "Milan" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoga imkoniyat berishi kerak deb hisoblaydi.
“Agar siz yangi murabbiyi yollagan bo‘lsangiz, unga biroz vaqt berishingiz lozim. Bu vaqt futbolchilar va murabbiyning o‘zaro til topib olishi uchun kerak. Bilmadim, agar “Milan”da muammolar bo‘layotgan bo‘lsa, rahbariyat o‘zi tanlagan murabbiyni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Albatta, hamma jamoada ham vaqti-vaqti bilan qiyinchiliklar uchrab turadi, lekin Gattuzoning iste’fosi haqida gapirishga hali biroz erta”, - deydi tajribali mutaxasssi.
“Milan” ayni damda A Seriyada 6ta turdan so‘ng 6 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar