Italiyalik go‘zal o‘z federatsiyasiga boykot e’lon qildi
Italiyalik mashhur tennischi Kamila Jorji o‘z mamlakati tennis federatsiyasining qaroriga javoban Rimda tashkil etiladigan yuqori nufuzli musobaqada qatnashmasligini e’lon qildi.
Gap shundaki, o‘tgan yili aprel oyida Kamila Jorji Italiya terma jamoasi safida Federatsiya kubogi musobaqasida qatnashmagan edi. Uning bu ishi milliy federatsiya tomonidan qoralandi va u to‘qqiz oyga terma jamoadan chetlatildi hamda 30 ming evro jarimaga tortildi.

Jorji o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan jazo tufayli milliy federatsiya bilan aloqani uzdi. 25 yoshli raketka uchtasi bu yil o‘z yurtida o‘tadigan musobaqalarga bormaydi.

Fikrlar