
JCh-2018 Angliya futboli uchun tarixiy bo‘lib qoldi, sababi...
Kecha Angliya terma jamoasi JCh-2018 yarim finalida Xorvatiyaga (2:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Biroq, inglizlar garchi mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsada, ushbu turnirda o‘zlarining jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalaridan birini qayd etishdi. Gap shundaki, Xorvatiyaga qarshi bahsda hisobni ochgan Kiran Tripper Angliyaning JCh-2018dagi 12-golini urdi. Bu esa Angliya futboli uchun jahon chempionatlari tarixidagi eng sermaxsuli bo‘ldi.
Angliya musobaqaning 3-o‘rni uchun Belgiyaga qarshi bahsda ishtirok etishini inobatga olsak, ularda ushbu natijani yanada yaxshilab olish imkoniyati mavjud.
Fikrlar