Jahon chempionatida ishtirok etadigan dzyudochilarimiz tarkibi ma’lum
20 sentyabr kuni Ozayrbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bellashuvlari start oladi. Ushbu dunyo birinchiligi 2020 yili Tokioda bo‘lib bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ham ahamiyatli bo‘lgani uchun ham unda 131 mamlakatdan 800 dan ziyod sportchining ishtiroki kutilmoqda. Tabiiyki, ushbu musobaqada ham dzyudochilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiy saytida musobaqada ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan sportchilar nomi e’lon qilingan. Unga ko‘ra, terma jamoamiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:
- -60 kg: Sharofiddin Lutfullaev;
- -66 kg: Sardo Nurullaev;
- -73 kg: G‘iyosjon Boboev va Hikmatullo To‘raev;
- -81 kg: Sharofiddin Boltaboev;
- -90 kg: Davlat Bobonov;
- -100 kg: Sherali Jo‘raev va Muhammadkarim Xurramov;
- +100 kg: Bekmurod Oltiboev;
- -48 kg: Diyora Keldiyorova;
- -52 kg: Gulnoza Ziyaeva;
- -57 kg: Amina Mamedova;
- -70 kg: Gulnoza Matniyazova va Shohista Nazarova;
- -78 kg: Nodira Yo‘ldosheva.
Terma jamoamiz 17 sentyabr kuni Boku safariga jo‘nab ketishadi.
Fikrlar