Jahon chempionatida ishtirok etuvchi polvonlarimiz nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

21-26 avgust kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnirda dunyoning 100dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli polvonlar ishtirok etadi.

Tecno

Xususan, 18 avgust kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz vakillari Kamil Fatkulin va Ravshan Ro‘ziqulov murabbiyligida quyidagi tarkib bilan Parijga yo‘l oladi: Feruz To‘xtaev (59 kg), Elmurat Tasmuradov (66 kg), Aram Vardanyan (71 kg), Rustam Assakalov (98 kg) va Mo‘min Abdullaev (130 kg).  

Shuningdek, 21 avgust kuni Olim Xikmatov va Aleksandr Nedorezov murabbiyligidagi erkin kurashchilarimiz quyidagi tarkib bilan nufuzli musobaqada ishtirok etishi kutilmoqda: Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navruzov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) va David Modzmanashvili (125 kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!