Jahon kubogida dzyudochilarimiz qanday “syurpriz " qilishmoqchi?
Toshkent shahridagi «Universal» sport saroyida ilk marotaba paralimpiya dzyudosi bo‘yicha 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beradigan Osiyo va Okeaniya chempionatining yakkalik baxslari yakunlandi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiyada terma jamoasinig bosh murabbiyi Shuhrat To‘raevning musobaqa haqidagi fikrlari o‘rtoqlashdik.
- Ushbu musobaqani O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘tkazilishiga qaramay dzyudochilarimiz yaxshi natijalar ko‘rsatishdi. Qizlarimizning jamoasi 5 ta oltin olgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar jamoasi 3 ta oltinga ega bo‘lishdi. O‘zbekistonda yana bir shunday nufuzli oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. O‘shanda ham dzyudochilarimiz bundan yaxshi natijalar ko‘rsatishadi.
Shuningdek, bosh murabbiy chempionatga tayyorgarlik hamda sportchilarimiz ko‘rsatgan natijalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
- Biz ushbu musobaqa o‘yinlariga 2017 yilning yanvar oyidan tayyorgarlikni boshlagan edik. Ushbu musobaqa O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgani uchun boshqa mamlakatlarning oldida yaxshi natijalarni ko‘rsatishimiz shart edi. Sportchilarimiz ishonchni oqlashdi. Yaxshi natijalar bilan O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishdi. Jamoada yosh paralimpiadachilarimiz bilan birga endi birinchi bor qatnashayotgan dzyudochilarimiz ham bor. Ular birinchi qatnashayotgan bo‘lishlariga qaramay yaxshi natijalar ko‘rsatib 2 3 o‘rinni olishdi. Ayniqsa -48 kg, -57 kg, -70 kg vazn toifasida 1 marta tatamiga chiqqan qizlarimiz 1 o‘rinni olishdi. Bundan juda xursandman. Keyingi musobaqalarda ham ana shunday yaxshi natijalar ko‘rsatishadi deb umid qilaman. Jahon kubogiga tayyorgarlikni keyingi haftadan boshlaymiz va oktyabrgacha uzluksiz davom ettiramiz.
Bundan tashqari suhbatdoshimiz jahon kubogidagi raqiblarimiz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Jahon kubogida raqiblarimiz Rossiya mamlakatidan keladigan dzyudochilarimiz bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari jahon kubogida qatnashadigan Meksika, Argentina hamda Angliya davlatlari ham kuchli. Birgina Meksika davlatlarida -70 kg, -81 kg vazn toifasidagi qizlar jamoasida paralimpiyada o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar bor. Jahon kubogi Toshkentda bo‘ladi. Bunga munosib tayyorgarlik ko‘riladi,- deydi bosh murabbiy.
Shahzoda Abdullaeva suhbatlashdi

Fikrlar