Janubiy Koreya - Filippin o‘yiniga oid faktlar

  • 7 yanvar, 2019, 18:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Quyida mazkur uchrashuvga oid ayrim  faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Janubiy Koreya va Filippin terma jamoalari o‘rtasida bugungi bahs ikki mamlakat tarixidagi birinchisi bo‘lmoqda.

Janubiy Koreya Osiyo Kubogi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 16 uchrashuvdan faqat bittasida mag‘lub bo‘lishgan (2015-yil. Final. Janubiy Koreya 1-2 Avstraliya). Qiziqarli jihati shundaki, koreyaliklar 2015 yilgi final o‘yiniga qadar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Filippin Osiyo Kubogida debyut qilayotgan uch jamoadan biridir (Filippin, Qirg‘iziston, Yaman).

Ushbu jamoalar shu paytga qadar na Osiyo chempionatida, na Jahon chempionati saralash bahslarida va na o‘rtoqlik o‘yinlarida bir biriga ro‘baro‘ kelmagan.

Janubiy Koreya so‘nggi 4 Osiyo Kubogida eng kamida yarim finalga qadar etib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!