
Jasurbek Shukurov bronza uchun kurashdan chiqdi
Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuniga start berildi.
Ushbu kun dastaridan o‘rin olgan bellashuvlarda erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Jasurbek Shukurov bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida qozog‘istonlik Islom Bozboevga qarshi tatamiga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz raqibiga vazare bahosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar