Javohir Sidiqov: Grand jamoalar ham Namanganda mag‘lub bo‘lishdi
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” (3:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar etakchisi Javohir Sidiqov ham etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- “Navbahor” o‘z maydonida kuchli o‘ynashini bilardik. Bu mavsum grand jamoalar ham Namanganda mag‘lubiyatga uchrashdi. Shunga monand tayyorgarlik ko‘rgandik. Tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. “Nabahor” jamoasini bugungi chiroyli o‘yin va g‘alaba bilan tabriklayman.
Qolgan o‘yinlarda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Muxlislarimiz bizdan yaxshi natija kutishayotganini his etib turibmiz. Ularni stadionga qaytarishimiz kerak. Bugun Namanganga kelib bizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Fikrlar