"Jenoa" Pentekni mavsum o‘rtasida qo‘yib yubormaydi

  • 31 dekabr, 2018, 23:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Jenoa” kubi prezidenti Enriko Pretsiozi Evropa grandlari qiziqishlariga sabab bo‘layotgan jamoa to‘purari Kshishtof Pentek kamida mavsum yakunagacha jamoada qolishini aytdi.

“Iyungacha hech kim hech qayoqqa ketmaydi. Pentek va Kuame bizla kerak. Ularga qiziqishlar ko‘p, ammo bizga hozircha ular borasida birorta ham taklif bo‘lmadi”, - deydi Pretsiozi.

Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum hozircha A Seriyada 13ta gol urishga erishdi va bu borada peshqadam Krishtianu Ronaldudan (14) keyingi ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!