Jeparovning goli nazorat o‘yinida "Metallurg"ga g‘alaba keltirdi
“Dinamo” klubi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, uchrashuvda har ikki jamoa bosh murabbiylari - Davron Fayziev ham, Andrey Shipilov ham bir qator futbolchilarga o‘yin amaliyotini berdi.
Tengkurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning 34-daqiqasida bekobodliklarning yangi futbolchisi Server Jeparov tomonidan jarima zarbasidan kiritilgan gol yakunda “Metallurg” klubiga g‘alaba keltirdi.
25 yanvar (juma).
Nazorat uchrashuvi.
«DINAMO» - «METALLURG» - 0:1
Qibray stadioni.
Gol: Cerver Jeparov, 34.
«Dinamo»: Shohruh Eshbo‘taev, Mirkomil Lokaev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon A’lamxonov, Avaz Agaliev, Jasur Azimov, Damir Temirov, Sherzod Jalilov, Otabek Narzullaev, Dilmurod Karimov, Amirjon Safarov.
Zaxiradan tushgan futbolchilar: Shohruh Raimov, Jasur Urinov, Komil Sharofutdinov, Obid Hakimov, Muhiddin Odilov, Sanjar Barotov.
Fikrlar