Jerar Pike: Novak Jokovichni albatta rozi qilaman!
Ispaniyalik futbolchi Jerar Pike "Devis kubogi"ga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
"Bir necha yil oldin menda tennischilar o‘rtasida o‘z Vatani sharafini himoya qiladigan o‘zgacha turnirni tashkil etish niyati tug‘ildi. O‘shanda Rafael Nadal: agar jarohatlarim bo‘lmasa albatta ishtirok etaman degan edi. Dunyoning birinchi raqamli tennischisining ishtiroki musobaqalarga o‘zgacha fayz beradi.
Novak Jokovichi esa ishtirok etmayman demagan. Faqatgina ATP agarda "Devis kubogi" bilan hamkorlikda ishlasa musobaqada ishtirok etishini ta’kidlagan. Biz Novak bilan ko‘p marotaba muzokara olib borganmiz va olib bormoqdamiz. U tennis olamida va "Devis kubogi"da juda kerakli inson. Biz tez orada kelishuvga erishamiz.
Biz Xalqaro tennis federatsiyasi bilan birgalikda ish olib borishimi juda yaxshi natajalarga olib keladi", – deydi Pike
Fikrlar