Jerrard EChL bahslarida "Liverpul"ni boshqaradi
"Liverpul" klubining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard “qizillar”ning U-19 jamoasini o‘smirlar o‘rtasidagi chempionlar ligasi bahslarida boshqarib boradi, deya xabar beradi mersisaydliklar matbuot xizmati. Turnirning guruh bosqichida "qizillar" "Spartak", "Maribor" va "Sevilya" o‘smirlari bilan kuch sinashadi.
Jerrard boshchiligidagi "Liverpul" jamoasi 13 sentyabr kuni ilk uchrashuvni sevilyaliklarga qarshi o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz. Ingliz futbolchisi 1998-2015 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar