
Jordan Xenderson: “Liverpul” yaqin kelajakda albatta muvaffaqiyatga erishadi
“Liverpul” sardori Jordan Xenderson hozirgi jamoani 2013/14 yilgi mavsumda kumush medallarni qo‘lga kiritgan jamoaga o‘xshatdi.
“Hozir “Liverpul”ning tarkibi butkul o‘zgargan va barchasi umuman boshqa stsenariy bo‘yicha ketyapti.
O‘tmishni eslashni xohlamayman. Men bor e’tiborimni “Liverpul”ning bo‘lajak o‘yinlariga qarataman. Biz sovrin qo‘lga kiritishga tayyor ekanligimizni his qilyapman. Chunki, hozir biz buning uchun etarli kuchga egamiz.
Imkoniyatlarimizga to‘liq ishonaman. “Liverpul” yaqin kelajakda albatta muvaffaqiyatga erishadi. Umid qilamanki bu joriy mavsumning o‘zidayoq sodir bo‘ladi”, - deydi Xenderson.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” bugun o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar