Jorjo Kellini “Yuventus” safida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 10 dekabr, 2017, 12:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Yuventus” jamoasi himoyachisi italiyalik Jorjo Kellini Italiya chempionati 16-turi “Inter”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va turinliklar safida yubiley o‘yinini o‘tkazdi.

Turning markaziy o‘yini nursiz durang bilan tugadi. 33 yoshli futbolchi “Yuventus” safida yubiley – 450-o‘yinini o‘tkazdi. Italiyalik tajribali futbolchi 450 uchrashuvda raqiblar darvozasiga jami 34 ta  gol urgan.

Ma’lumot uchun, Jorjo Kellini 2005 yilda “Fiorentina”dan qariyb 8 million evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!