KK-2017. Turnirdan chiqib ketgan Ronaldu etakchiligidagi Portugaliya tarixga kirdi

  • 29 iyun, 2017, 02:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz oldin Rossiyaning Qozon shahridagi “Qozon-Arena” stadionida Konfederatsiyalar kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Portugaliya – Chili bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va uchrashuv hakami qo‘shimcha taymlar belgiladi. Ekstra taymlarning ikkinchisida, aniqrog‘i 116-daqiqada Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Andre Gomeshning o‘rniga Jelson Martinshni maydonga tushirdi. Bu mazkur o‘yinda portugaliyaliklar amalga oshirgan to‘rtinchi o‘zgarish bo‘ldi.

Xali shu vaqtda qadar Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlarida 4 ta futbolchi almashtirilmagan edi. Portugaliya bu borada ilk jamoaga aylandi.

Qayd etish joiz, FIFA mazkur turnirda videotakrorlar bilan birga, aynan qo‘shincha bo‘limlardagi to‘rtinchi o‘zgarishni ham sinovdan o‘tkazayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!