Kafu: Ronalduning ortidan boshqa yulduz futbolchilar ham A Seriyaga o‘tishiga ishonaman

  • 15 iyul, 2018, 16:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Kafu portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Real”dan “Yuventus”ga o‘tishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men buni Turin super klubining super transferi deb hisoblayman. Portugaliyalik shubhasiz dunyoning eng yaxshi futbolchisi va u “Yuventus”ni albatta kuchaytira oladi. O‘z navbatida Italiya A Seriyasi ham ushbu chiziqda Evropada o‘zini kusaytirib oldi. Aynan Ronalduning ortidan ko‘plab yulduz futbolchilar Appenin yarim oroliga kelishga intilishadi. Bundan tashqari ushbu transferdan so‘ng “Yuventus”da Chempionlar ligasida g‘olib chiqish imkoniyatlari keskin ortdi”, - deydi Kafu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!