
Kafu faoliyatini Frantsiyada davom ettiradigan bo‘ldi
Bolgariyaning “Ludogorets” klubi yarim himoyachisi Kafu faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi tez kunlarda “Bordo” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda frantsuz klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Jonatan Kafu “Ludogorets” tarkibiga 2015 yil Braziliyaning “San-Paulo” klubidan kelib qo‘shilgan.
Fikrlar