Karatechilarimiz 3 bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Shinkiokushinkay karate bo‘yicha o‘tkazilgan Tojikiston mustakilligi chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
55 kg vazn toifasida bellashuvlarga kirishgan Navruz Shavkiev termamiz hisobiga dastlabki bronza medalni olib kelgan bo‘lsa, Umidjon Salohiddinov (65 kg) va Shahboz Ziyotov (85 kg) yana ikkita bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ushbu musobaka “NUR-XAS” karate markazi a’zolari uchun noyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi va Qozog‘istonning Astana shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.
Sportchilar endi bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlikni 25 sentyabrdan Navoiy shahridagi “NUR-XAS” karate sport zalida davom ettiradi.
Fikrlar