
Karatechilarimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqada ishtirok etishadi
Joriy yilning 25-27 yanvar kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahri karate bo‘yicha “Paris Open” turniriga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa sakkizinchi bor tashkil etiladi. Ushbu musobaqada sportchilar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi reyting ochkolarini ishlab olishadi.
Shuningdek, bu turnirda dunyo reytingining kuchli 64-taligidan o‘rin olgan karatechilar ishtirok etishadi. O‘zbekiston terma jamoasi safida 3 o‘g‘il bola va 2 qiz qatnashadi. Hozirda terma jamoamiz a’zolari musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. 22 yanvar kuni Parijga yo‘l olishadi.
Terma jamoamiz:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolev
-50 kg: Bahrinso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
Terma jamoa bosh murabbiyi Dilnoza Bakirova, yordamchi murabbiy O‘ktam Bekpo‘latov.
Erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida 10 ta vazn bo‘yicha o‘tadigan musobaqada sportchilar kata va kumite yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib boradilar. Katada yakkalik va jamoaviy bahslar o‘tkaziladi.
Kumite
Xotin-qizlar: -50 kg, -55kg, -61 kg, -68 kg, +68kg.
Erkaklar: -60 kg, -67 kg, -75 kg, -84 kg, +84 kg.
Musobaqa g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Yakkalik bahslari (Kumite va Kata):
• Oltin medal: 750 evro
• Kumush medal: 500 evro
• uchinchi o‘rin: 200 evro.
Jamoaviy kata yo‘analishi:
• Oltin medal: 750 evro
• Kumush medal: 500 evro
• Uchinchi o‘rin: 200 evro.
Fikrlar