Karles Puyol "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi

  • 9 noyabr, 2017, 13:56
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va jahon futboli afsonalaridan biri Karles Puyol "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Osiyodagi eng mashhur stadionlar ro‘yxatiga kiritilgan "Paxtakor" o‘yingohida klub rahbariyati Puyolni kutib oldi. Unga klub va stadion haqida ma’lumotlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FF tomonidan FIFAning maxsus loyihasi asosida Toshkentga kelgan Karles Puyol bugun "Paxtakor" va "Olmaliq" o‘rtasidagi uchrashuvdan avval ishqibozlarga sovg‘alar ulashib, o‘yinni stadionda tomosha qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!