Karlush Keyrush Chernogoriyaga qarshi o‘yinga Eron termasining tarkibini e’lon qildi

  • 12 may, 2017, 08:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Eron termasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Chernogoriya futbolchilari bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Chernogoriyaga qarshi 4 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga 20 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi. Quyida tarkib bilan tanishing:

Darvozabonlar: Muhammadrizo Akbari (“Traktorsozi”), Muhammad Rashid  Mazaxeri (“Zob Ahan”), Hamid Lak (“Traktorsozi”);

Himoyachilar: Ramin Rizoian (“Persepolis”), Hussayn Kanaanizadegan (“Malavan”), Pejman Muntazeri (“Al-Ahli”, Qatar), Murtazo Puraliganji (“Al-Sadd”, Qatar), Milan Muhammadi (“Terek”, Rossiya), Izzatuloh Purgaz (“Saipa”), Vohid Muhammadzoda (“Zob Ahan”), Said Agai (“Traktorsozi”);

Yarim himoyachilar: Mehdi Turobi (“Saipa”), Said Izzatullohi (“Rostov”, Rossiya), Ali Karimi (“Lokomotiva”, Xorvatiya), Ehson Hojisafi (“Sepaxon”), Ashkan Dejaga (“Volfsburg”, Germaniya), Ehson Pahlavon (“Sapaxon”);

Hujumchilar: Sasan Ansari (“Fulad”), Karim Ansarifard (“Olimpiakos”), Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya).

Ma’lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!