Karlush Keyrush: Erondan boshqa jamoalar bilan o‘yinda o‘zbekistonliklarga omad tilayman

  • 10 sentabr, 2018, 15:37
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga O‘zbekiston terma jamoasi "Milliy" stadionida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu o‘yin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanning dastlabki qismida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush va Ma’sud Shojailar ishtirok etishdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Biz ertaga O‘zbekiston MTJga qarshi o‘yinni tashkil egani uchun O‘FAga minnatdorchilik bildiraman. Biz O‘FA bilan ajoyib va do‘stona munosabatlarga egamiz. O‘FA hamisha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilishni so‘raganimizda yo‘q demaydi. Bunday ijobiy va samimiy munosabat uchun tashakkur. Biz yaxshi shakllangan tajribali futbolchilardan tashkil topgan kuchli jamoaga qarshi to‘p suramiz. Bu bahs biz uchun rasmiy musobaqalar uchun katta tajriba bo‘ladi deb o‘ylayman. Ektor Kuper qo‘l ostida ajoyib futbolchilar jamlangani shubhasiz. Biz Osiyo kubogiga tayyorgarlikni boshlaganmiz. Bu bahsda tajribali futbolchilar bilan birga, Eron terma jamoasining ertasi bo‘lgan yoshlarga ham imkoniyat beramiz. 

Mas’ud Shojai: O‘zbekistonda bo‘lib turganimiz uchun O‘FAga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga ikkita ajoyib jamoa shiddatli o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman va bu buhs muxlislarda yaxshi taassurot qoldiradi deb o‘ylayman. 

Karlush Keyrush: Sardor Azmun jahon chempionatidan so‘ng ba’zi sabablarga ko‘ra terma jamoani butunlay emas balki bir fursatga tark etdi. Sardor Azmun mendan maslahat so‘raganida, men uning shaxsiy sabablari bo‘lgani uchun vaqtincha terma jamoaga chaqirmaslikka rozi bo‘ldim. Ma’lum vaqtdan so‘ng u muammolarini hal etib bo‘lgach yana jamoamiz safiga qaytadi. Ta’kidlab o‘tishni istardimki, JChdagi ishtirok Osiyo kubogida yordam bermaydi. Buning uchun biz tinimsiz mehnat qilishimiz, futbolchilarning ishtiyoqini oshirishimiz shart va shundagina bizga chempionlik nasib qilishi mumkin.  Osiyo kubogiga Janubiy Koreya, Yaponiya, O‘zbekiston terma jamoalari ham chempionlik uchun tashrif buyurishadi va ular bilan o‘yinlar oson bo‘lmasligi aniq. Biz ko‘proq ishlasakkina maqsadga etamiz. Men shaxsiy fikrimni oshkor etishni ko‘p ham lozim topmayman. Lekin bir fikrni aytishim mumkinki, O‘zbekiston Ektor Kuperni olib kelib juda ham to‘g‘ri qaror qabul qildi. Erondan boshqa jamoalar bilan o‘yinda o‘zbekistonliklarga omad tilayman.

Mas’ud Shojai: Eron terma jamoasi so‘nggi yillarda Osiyoda etakchiga aylandi. Biz doim buni tasodif emasligini isbotlash uchun maydonga tushamiz. Bu rasmiy musobaqa bo‘lsa ham, o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa ham shijoatni pasaytirishga xaqqimiz yo‘q.

Karlush Keyrush: Men Eron futbol federatsiyasi bilan yangi shartnoma tuzganimiz yo‘q. Biz federatsiya bilan og‘zaki kelishuvga erishganmiz. Buni qog‘ozdagina rasmiylashtirish qolgan.  Eron terma jamoasida 7 yil ishlashimga sabab bu futbolchilar bilan o‘zaro ishonchdir. Eron bilan har xil natijalarga erishdik. Ijobiy va salbiy. Men futbolchilarga qanchaliy ishonsam ular ham menga shunday ishonch bilan javob qaytarishadi. Eron terma jamoasi futbolchilari mashg‘ulot vaqtida ham o‘yin paytida ham maydonga bir xil kuchli ishtiyoq va shijoat bilan chiqishadi.

Mas’ud Shojai: Karlush Keyrush terma jamoamizga kelgach, jamoamizning o‘yini kuchaydi va dunyoda mavqei oshdi. Shu sabab ham 7 yildan beri jamoamizda ishlab kelmoqda. Buning uchun biz undan juda ham minnatdormiz. Biz uni boshqa terma jamoaga qo‘yib yubormaymiz. (kuladi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mafia 1716
10/09/2018 15:12
Chunki biz seni xurmat qilamz )))