
Karvaxal APLda o‘ynash istagi bor ekanini aytdi
Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal o‘z kuchini Angliya chempionatida sinab ko‘rish istagi bor ekanini atydi.
“APLda to‘p surishni istayman, bunga ishonchim komil. Bu kabi tajribaga ega bo‘lishni xohlardim. Boshqa tomondan butun futbolchilik faoliyatimni “Real”da o‘tkazish yaxshi bo‘lardi. Gap Qatar yoki Xitoy haqida ketsa, o‘zimizni aldashimiz kerak emas, bularning barchasi pul uchunligini bilamiz”, – dedi ispaniyalik himoyachi.
Joriy mavsumda Karvaxal Ispaniya chempionatining 5 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning hisobida, shuningdek, 3 ta sariq kartochka bor.
Fikrlar