Kellini Ispaniya va Isroil terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etolmasligi mumkin

  • 1 sentabr, 2017, 20:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini JCh-2018 saralashi doirasida yaqinlashib kelayotgan Ispaniya hamda Isroil terma jamoalariga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

La Stampa nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi sonidagi jarohati sabab terma jamoa lagerini tark etgan va tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra futbolchi 3 haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Italiya dastlab 2 sentyabr kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushsa, oradan 3 kun o‘tib esa Isroil termasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!