
Kesse "Milan"dan ketmaydi
"Milan" klubi yarim himoyachisi Frank Kesse yaqin orada jamoasini o‘zgartirmaydi. Bu haqda uning agenti aytib o‘tdi.
“Frank “Milan”da endigina ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. U aynan shu erda tajriba to‘plab, shu erda o‘sishga erishmoqchi. Kesse klub rahbariyati tomonidan mutlaqo dahlsizdir.
Albatta, zamonaviy futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bunga Ronaldu, Iguain va Bonuchchilarning transferi ham yaqqol misol bo‘la oladi. Lekin, ayni damda bizda boshqa jamoalarga ketish uchun variantlar yo‘q”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Kesse joriy mavsum “rossonerilar” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar