
Kevin Li Sen-Per bilan jang qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi
Aralash yakkakurashlar jangchisi Kevin Li, UFC ikki vazni toifasida sobiq chempion Jorj Sen-Perga bilan jang qilishni xohlayotganini aytib o‘tdi.
- Jorjga qarshi oktagonga chiqishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Albatta, men uni inson sifatida hurmat qilaman, biroq Sen-Perning so‘zlariga ko‘ra, u kuchli sportchi bilan kuch sinashmoqchi. Uning raqibi bo‘lishga tayyorman! Noyabr oyida Nyu-Yorkda uchrashishni Jorjga taklif qilaman, - deya Lining so‘zlaridan iqtibos keltiradi BJ Penn nashri.
Ma’lumot uchun, Kevin li oxirgi 7 uchrashuvida 6 marotaba raqibini mag‘lub etgan. Sen-Per esa oxirgi jangida Maykl Bisping ustidan g‘alaba qozongan.
Fikrlar