Keylor Navas faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 3 yanvar, 2019, 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Real" Madrid darvozaboni Keylor Navasni sotib olishga jiddiy bel bog‘ladi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra "kanonirlar" 32 yoshli kosta-rikalik posbonni joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi va buning uchun "qirollik klubi"ga 16 mln evro to‘lashga tayyor. Aytish lozimki, londonliklar Navasni Petr Chexga munosib o‘rinbosar topishga tayyor.

O‘z navbatida Navas ham Kurtua kelgach zaxira darvozaboniga aylanib qolgandi. Shu boisdan tez orada jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" bundan 1,5 yil muqaddam "Bayer" darvozaboni Bernd Lenoni 25 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!