Keylor Navas faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirmoqchi?

  • 8 dekabr, 2018, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirmoqchi ekanligi haqida aytdi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli kosta-rikalik posbon omadini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua “Real”ga kelgach Navas butkul zaxiraga o‘tirib qoldi. Shu boisda u tez orada jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Ammo "qirollik klubi" uni kamida mavsum yakuniga qadar tarkibda saqlab qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning birida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!