Keyrush OUT! U Eron terma jamoasidan ketmoqchi

  • 28 yanvar, 2019, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan bir necha daqiqalar oldin Osiyo kubogining dastlabki yarim finalida Eron terma jamoasi Yaponiyaga (3:0) yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush terma jamoadan ketishiga sha’ma qildi.

“Bugun birgina xato bizga qimmatga tushdi. Eng kuchli jamoa bugun g‘alaba qozondi. Futbolchilarga shu kungacha ko‘rsatgan chiroyli o‘yinlari uchun rahmat aytaman. Ular umrimning so‘nggiga qadar yuragimda qoladi.

Tushunishga harakat qilinglar, bu yakun edi. Bosh murabbiy sifatida xursandman, chunki barchasini o‘z uslubimda amalga oshirdim”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Keyrush 2011 yildan buyon Eron terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
28/01/2019 22:30
Хар сафпр шундай дейди ва кетмайди. Ким унга 2 млн евро тулайди?
&
darwesh
29/01/2019 00:34
Зато энди Японлар чемпион булса, биз бу турнирда факат чемпионга ютказган буламиз. Ва бу билан фахрланамиз))))
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
28/01/2019 23:19
Бугун шунчаки Эроннинг куни эмас экан.
Биргина хато барчасини барбод килди.
Хато деса булармикин?
Хатони аслида кайсидур уйинчи амалга оширарди лекин биргина вазиятда 5та! уйинчининг ткхтаб колиши?....
Ха уз куллари билан узларини бугиб улдирдилар.
Эрон чемпион булишини кутгандим.