Klaudio Raneri faoliyatini A Seriya klubida davom ettirishi mumkin

  • 10 noyabr, 2018, 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Klaudio Raneri faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

 La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Jenoa" klubi rahbariyati qoniqarsiz natijalar sabab jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurichning faoliyatidan norozi bo‘lmoqda va uning o‘rniga aynan Ranerini taklif qilmoqchi.

Ayni damda “Jenoa” bosh murabbiyligi uchun Raneridan tashqari shuningdek Chezare Prandelli va Davide Nikola kabi mutaxassislarning nomzodlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Jenoa” 11ta turdan so‘ng 14 ochko bilan musobaqa jadvalida 13-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!