
Klopp: Edgar Davids qaytdi
Braziliyalik futbolchi mashg‘ulotlarga mahsus ko‘zoynak taqqan holda tashif buyurdi. Firmino o‘tgan hafta so‘nggida "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Yan Vertongen bilan to‘qnashuvda ko‘zidan jarohat olgan edi.
"Qizillar" ustozi Robertoning ko‘zoynak taqqan holda kelganiga "Twitter" ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘z munosabatini bildirdi.
"Edgar Davids qaytdi", - deb yozib qoldirdi germaniyalik mutahassis.
Ma’lumot uchun, Edgar Davids ko‘rish darajasi pastligi bois maydonda ko‘zoynak bilan o‘ynash huquqi FIFA tomonidan berilgan dastlabki futbolchi bo‘lgan edi.
Fikrlar